Kontent qismiga oʻtish

Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun to'lovlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun toʻlovlar — tabiat zahiralaridan foydalanganlik uchun va atrof-muhitga salbiy taʼsir etganlik uchun toʻlovlar. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun toʻlovlar iqtisodiy stimullardan hisoblanib, faoliyati tabiatga taʼsiri boʻlgan korxona — tabiatdan foydalanuvchilar qonunchilik talablari bilan mutansoib holda atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishga oʻzlari chora koʻrishlarini nazarda tutadi. Bunday choralar turli koʻrinishlarda namoyon boʻlishi mumkin. Meʼyordan ortiq ifloslantiruvchui, katta miqdordagi toʻlovlarni xohlamagan tabiatdan foydalanuvchilar ishlab chiqarish texnologiyalarini mukamallashtirishlari, samarali tozalash qurilmalarini qurishlari yoki faoliyat koʻrsatayotgan inshootlarning yuqori samarali ishini taʼminlashlari lozim. Korxonalar atrof-muhitni ifloslantirishi kamaytirishning salmoqli samarasiga korxona tomonidan ishchilarga talablarni kuchaytirish va mehnat hamda texnologik tartib qoidaga rioya qilishni taʼminlash orqali erishish mumkin. OʻzR hududida atrof-tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi OʻzR Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-mayidagi 199-son Qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan.[1]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi