Atom (qutblanuvchanlik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Atom, ION VA MOLEKULA-LARNING QUTBLANUVCHANLIGI – tashqi elektr maydoni ta’sirida elektronlar buluti, atom yadrosi, mo-lekula va ionlar markazlarining bir-biriga nisbatan siljishi. Umumiy qugblanish atom qutblanish ra, elektron qugblanish re va oriyentatsiya qutblanishi ro yig‘indisiga teng: ra – atom yadro-sining tashqi maydondagi manfiy qutb tomon siljishi, rz– elektronlar bulu-tining elektr maydonidagi musbat qutb tomon siljishi, ro – tug‘ma dipolli mo-lekulalarning maydon qutblari tomon mos tartibda joylashishi. Qutblanish 762natijasida qutblanmagan molekula qutblangan molekulaga aylanadi, tug‘ma dipolli molekulalarning qutbliligi oshadi. Qutblanish natijasida vu-judga kelgan dipol induksiya dipoli deyiladi. Induksiya dipoli momenti t ta’sir ko‘rsatuvchi maydonning kuch-langanligi Ye ga mutanosib: t = aYe, a – qutblanuvchanlik; har qaysi zarracha (molekula, atom)ning qutblanuvchanlik xossasini ifodalaydi. Anionlarda yadroning elektron qavatiga ta’siri kuchsizroq, shu sababli anionlar tashqi elektr maydoni ta’sirida osonroq qutblanadi va ularning zaryadi hamda radiusi qancha katta bo‘lsa, shuncha oson qutblanadi. Kationlarning qutblash xossasi ham bor, bu xossa kationning za-ryadiga to‘g‘ri, radiusiga teskari mutano-sib.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil