Atmosferaning issiqlik balansi
Atmosferaning issiqlik balansi – atmosferaga kelgan va undan chiqqan issiqlik tengligi. Atmos-feraning nurlanish balansi R, atmos-ferada suv bugʻlari kondensatlanishi tufayli ajralib chiqqan issiqlik hr (h – kondensatsiya yashirin issiqligʻi, g– yogʻinlar yigʻindisi), yer sirtidan turbulent almashinuv natijasida atmos-feraga berilgan issiqlik R, havoning gorizontal yoʻnalishda koʻchishi (advek-siya) tufayli kelgan issiqlik oqimi (A) Atmosferaning issiqlik balansi b.ni tashkil qiladi. Issiqlikning advektiv koʻchishi odatda ek-vatordan qutblarga qarab yoʻnalgan boʻladi, shuning uchun bu jarayon tufayli yuqori ken-gliklardagi havo issiqlik oladi, quyi kengliklarda esa issiqlik yoʻqotadi. Atmosfera sirkulyatsiyasi va okean sir-kulyatsiyasi tufayli havo temperaturasi uzluksiz ravishda quyi kengliklarda pasaymaydi, yuqori kengliklarda koʻtarilmaydi, ya’ni issiqlikning advektiv koʻchishi nati-jasida muvozanatlashib turadi. Shunga koʻra butun atmosferaning oʻrtacha yillik temperaturasi turgʻun boʻladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |