Atmosfera optikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atmosfera optikasi – Geofizikaning Quyosh, Oy va boshqa yoritqichlardan Yer atmosferasini yorib oʻtib kelayotgan nur oqimlariga oid hodisalarni oʻrganadigan boʻlimi (qarang Atmosferadagi optik hodisalar). Atmosfera optikasi asosan, yorugʻlik nurlarining sinishi (qarang Yorugʻlik refraksiyasi) tufayli osmon gumbazida yoritqichlarning oʻrni siljiganday boʻlib koʻrinishi, yorugʻlik nurlarining yutilishi, sochilishi va ob-havo hodisalari bilan bogʻliq boʻlgan optik hodisalar (tong shafagʻi, kamalak, sarob hodisalari)ni oʻrganadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil