Atmosfera elektri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Atmosfera elektri – atmos-ferada sodir bo‘lib turadigan hodisalar tufayli paydo bo‘ladigan elektr. Bunga har xil meteorologik elementlar, ayniqsa, bulut, yog‘in, momaqaldiroq, chang 758bo‘ronlari katta ta’sir qiladi. Shuning uchun Atmosfera elektri asosan "ochiq" yoki "risola-dagi" ob-havoda o‘rganilgan. Atmosfera elektrining paydo bo‘lishiga ionizatorlar yordamida ionlashgan molekula va atomlar sha-klidagi elektr zaryadlari sabab bo‘ladi. Bunda hosil bo‘lgan ionlar massalari bilan bir-biridan farqlanadi. Atmosfe-ra gaz molekulalari to‘plamidan tashkil topgan va 15 – 30 molekula massasidan iborat bo‘lgan ionlar yengil, bundan taxminan 2000 marta katta ionlar og‘ir ionlar deb yuritiladi. 1 sm3 havoda taxminan ikki xil ishorali 500 – 600 yengil ion borligi aniqgsangan. Og‘ir ionlar soni juda ham o‘zgaruvchan bo‘lib, 1 sm3da bir necha minggacha yetadi, ko‘pincha, yer yuziga yaqin qatlamda uchraydi. Atmosferaning asosiy ionizatorlari: 1) atmosferaning hamma qatlamlariga ta’sir etuvchi kos-mik nurlar; 2) atmosfera va Yerdagi radi-oaktiv moddalarning nurlanishi (ular 5 – 6 km balandlikkacha ta’sir qiladi); 3) Quyoshning ultra-binafsha va korpusku-lyar nurlari (ular atm.ning 50 – 60 km dan yuqori qatlamlarida ta’sir qiladi). Atmosferaning ionlanishi tufayli elektr maydoni va elektr toklari pay-do bo‘ladi, havo elektr o‘tkazuvchan bo‘lib qoladi. Havoning elektr o‘tkazuvchanligi balandlik oshgan sari keskin oshadi va ionosfera qatlamlarida katta miqdorga yetadi. Elma chiroqlari ’ayashin Atmosfera elektrining ko‘rinishlaridan biridir. Atmosfera elektrining elektr uzatish va aloqa tarmoqlariga, aviatsiyaga, baland bino va qurilmalarga zararli, ba’zan xavfli ta’siri mavjud.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil