Atmosfera dispersiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atmosfera dispersiyasi – yoritkich (yulduzlar) tasvirining spek-trlarga ajralishi. Yulduzdan kelayotgan turli toʻlqin uzunligidagi nurlar Yer at-mos-ferasidan oʻtishi jarayonida turli-cha burchak ostida sinib tasvirda ranglarga ajraladi va shu sababli yoritqichning 755tasviri bir oz choʻziqroq boʻlib chiqadi. Yoritqichning zenit masofasi ortishi bilan tasvir choʻziqligi ham ortadi, binafsha nurlar qizil nurlarga Karaganda koʻproq singanidan ular hosil qilgan tasvir ze-nit tomonga surilgan boʻladi. Natijada yoritqich tasviri spektrlarga ajraladi. Atmosfera dispersiyasi tufayli, mas, A. sinfga tegishli yulduz bilan K sinfga tegishli yulduz vazi-yatlari farqi 45° zenit masofada 0,1 – 0,2 orasida boʻladi. Koordinatlarni kat-ta aniqlikda oʻlchashda Atmosfera dispersiyasi ni hisobga olish yoki uning ta’sirini kamaytirish kerak.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil