Atlantika ostonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Atlantika ostonasi – Atlantika okeani tubining Grenlandiya, Islandiya, Farer va Shetlend okeanlari oraligʻidagi koʻtarilib qolgan qismi. Chuqurligi okean sathidan 600 m. Atlantika ostonasi Atlantika okeani bilan Shimoliy Muz okeanining chuqur qismlaridagi suvni bir-biriga oʻtkazmaydi. Shimoliy Atlantika oqimining iliq va shoʻr suvlari Atlantika ostonasi orqali Norvegiya dengiziga, asosan Islandiya va Shetlend okeanlari oraligʻidagi boʻgʻozdan oʻtadi[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil