Atlantika boʻyi pasttekisligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Atlantika boʻyi pasttekisligi – AQShdagi pasttekislik, Atlantika okeani sohillarining Nyu-Yorkdan Florida yarim orolgacha bo‘lgan qismini egallagan. G‘arbda Pidmont platosining tik tushgan chekkasi bilan che-garadosh. Kengligi 30 – 350 km. Dengiz cho‘kindilari (ohaktosh, qumtosh, loy va boshqalar)dan tashkil topgan, yuzasi tekis. Ba-landligi dengiz sathidan 100 m gacha. Iqlimi subtropik, okean iqlimi. Yanvarning o‘rtacha temperaturasi 0° dan 20° gacha, iyul-niki 22 – 28°. Yillik yog‘in 1000 – 1400 mm. Tuproqlari: qizil, sariq, chimli, botqoqli. Tabiiy o‘simliklari: qarag‘ay, dub, tis, botqoq sarvi va boshqa Paxta, ta-maki ekiladi, mevali bog‘lar bor. Foy-dali qazilmalardan fosforit lar ko‘p. Aholisi zich. Yirik shaharlari: Nyu-York, Filadelfiya, Vashington, Balti-mor, Norfolk.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil