Aterinasimonlar
Aterinasimonlar (Atheriniformes) – suyakli baliklar kenja turkumi. Uzunligi 4–50 sm. Karpsimonlar va sargansimonlarga qarindosh, jabra pardasi 5–7 nurli, burun teshigi bir juft, orqa suzgichi 2, qorin suzgichlari 6 nurli. Tangachalari yirik, sikloid, ba’zan kombinatenoid tipida, yon chiziqlari kucheiz rivojlangan. Aterinasimonlar 5 oila, 40 urut va 180 toʻrni oʻz ichiga oladi. Chuchuk, shoʻrlangan va dengiz suvlarida, asosan tropik va subtropik suv havzalarida uchraydi. Tirik tugadigan Aterinasimonlarning anal va jinsiy teshiklari, shuningdek kuyikish organi tomogida joylashgan. Tuxum qoʻyib koʻpayadigan Aterinasimonlar suv tubiga yoki oʻsimliklarga yirik tuxumlarini qoʻyadi. Tuxumlardan tez orada baliqchalar chiqadi. Kaliforniya Aterinasimonlar (Jeuresthes tenuis) suv koʻtarilgan paytda tuxumlarini qirgʻoq yaqinidagi qumga koʻmib qoʻyadi, suv qayta koʻtarilgunicha tuxumlardan yosh baliqchalar rivojlanib chiqadi. Qora va Azov dengizlarida Janubiy Yevropa aterinasi (Atherina boyeri), Kaspiy va Orol dengizlarida, Uzboy oʻzanidagi koʻllarda Kaspiy aterinasi (Aterinasimonlar boyeri kaspia) tarqalgan. Kaspiy aterinasi mayda, uz. 10 sm gacha, har xil shoʻrlangan (7–36% gacha va undan ham yuqori) suvlarda yashaydi. Zooplankton bilan oziqlanadi. Ayrim Aterinasimonlar ovlanadi yoki akvariumlarda boqiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |