Atalmish qavchin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atalmish qavchin (14-asr oʻrtasi -15-asr boshlari) – Amir Temur saroyida-gi yirik davlat va siyosat arbobi, uning yaqinlaridan biri. A. Q.ga muhim siyosiy va harbiy vazifalar topshirilgan. Xu-susan, 1383-yil Amir Temur A. Q.ni bir necha amirlar bilan Jetaga, Qamariddinga qarshi yuborgan. 1394-yil "besh yillik yurish" paytida A. Q. Sharqiy Anado-ludagi Avnik qal’asiga kutvol qilib tayinlangan. 1395-yil Sohibqironning Toʻxtamishga qarshi yurishi chogʻida Qora Yusuf Turkman Avnikka hujum qilib, A.Q.ni asir olgan va uni Misr sultoni Barquqqa yubortan. Anqara jangndan soʻng Barquqning oʻgʻli Faraj A. Q.ni oʻz elchilari bilan birga Amir Temur huzuriga qaytargan. 1404-yil Sohibqiron A. Q.ga Sharqiy Anadoludan qora totor elini Jetaga koʻchirib borish vazifasini top-shirgan. Amir Temur vafotidan soʻng A. Q. nomi shahzodalar, xonimlar va Shayx Nuriddin, Shoh Maliklar bilan birga Samarqandga kirolmay 1405-yil martida Buxoroga borganlar qatorida qayd etib oʻtilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil