Atabaska (koʻl)
Jump to navigation
Jump to search
Atabaska — Kanadaning gʻarbidagi koʻl, Makenzi daryosi sistemasida. Chuq. 60 m gacha, maydoni 7,9 ming km2. Sharqsan gʻarbga tomon oy shaklida choʻzilgan. Shim. qirgʻoqlari baland, qoyali, jan.— pasttekislik. Oktyabr oyining oxirida muzlab, iyunda eriy boshlaydi. Koʻlga Atabaska daryosi quyiladi[1]. Undan Qullar daryosi oqib chiqadi. Baliq ovlanadi, kemalar qatnaydi. Atabaska hududida uran rudasi konlari topilgan[2].
Manbalar[tahrir]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
- ↑ Canada Fishing Online
Havolalar[tahrir]
- Озеро Атабаска на сайте World Lake DataBase
- Озеро Атабаска и песчаные дюны