Astragalus agnicidus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Astragalus agnicidus
Muhofaza qilish holati


Imperiled  (NatureServe)
Ilmiy tasniflash edit
Olam: O'simliklar
Sistematika: Traxeofitlar
Sistematika Angiospermlar
Sistematika: Eudicotlar
Sistematika Rosid
Oila: Fabaceae
Turkum: Faboideae
Jins: Astragalus
Turlar:
A. agnicidus
Binomial nomenklatura
Astragalus agnicidus

Barneby, 1957-yil


Astragalus agnicidus — kamdan-kam uchraydigan astragal oʻsimlik turi boʻlib, Humboldt okrugidagi astragal nomi bilan mashhur. Shimoliy Kaliforniya shtati uchun endemik boʻlib, u yerda faqat Humboldt va Mendocino okruglarida oʻsimlik populyatsiyasi kuzatilgan.

Oʻsimlik 1950-yillarga qadar tasniflanmagan. Oʻsha vaqtga qadar u faqat bitta hududagina (8 acre (32,000 m2)) uchrashi fanga maʼlum edi. Gumboldt okrugidagi rancho ayni shu hudud boʻlib, bu yerda qoʻy xoʻjaliklari nomaʼlum turlarni hayvonlarining oʻlimiga sababchi deb hisobladilar, chunki chorva mollari bu oʻsimlikni yegan boʻlishi mumkin. Ular oʻsimlikni oʻz yerlarida oʻsmasligi uchun butunlay yoʻq qilishdi. 1957-yilda rasman tasniflangan va nom berilgan vaqtga kelib, yoʻq boʻlib ketgan oʻsimlik deb tariflangan. Oʻsimlikka berilgan tur nomi, agnicidus, „qoʻzi oʻldiruvchi“ degan maʼnoni anglatadi[1].

Astragalus agnicidus 1987-yilda qayta kashf etilgan. Yaqinda buldozerda buzilayotgan maydonda oʻsayotgan bir nechta turi topildi, ularning uzoq vaqt davomida koʻmilgan urugʻlari unib chiqish uchun qulay sharoitni poylagan. Oʻsimliklar yer egalarining himoyasi ostiga olindi, oʻsha yerlik oilalar uning yoʻq boʻlib ketishiga mas’ul boʻlgan va uning qiymati haqida oʻz fikrlarini oʻzgartirgan. Oʻshandan beri oʻsimlikning yana ikkita populyatsiyasi sohil boʻyidagi togʻlarning yaqinda hududlarda qayd etilgan. Oʻsimlik ancha yillar davomida xarob ahvolga kelib qolgan hududlarda ham uchragan. Hududning haddan tashqari zararlanishi oʻsimlik uchun xavfli boʻlishi mumkin, ammo koʻmilgan urugʻlarning barcha kaloriyasi unib chiqishiga sarflanadi, bu esa zaxira urugʻligi mavjud emasligi sababli turning nobud boʻlishiga olib keladi[2].

Agnicidus koʻp yillik oʻt boʻlib, 5-10 yil yashaydi. Dagʻal qizgʻish poyasi uchlari tomon biroz tuk bilan qoplangan, uzunligi 30 dan 90 santimetrgacha yetadi. Keng tarqalgan barglar poya boʻylab qarama-qarshi joylashgan. Har birining uzunligi 16 santimetrgacha va eni taxminan 2 santimetrgacha boʻlgan bir necha juft oval shaklidagi yaproqlardan iborat. Toʻpgul — 10 dan 40 tagacha oq noʻxat gullariga oʻxshash guldan iborat, zich shingil shaklda boʻladi. Oʻsimlik oʻz-oʻzidan changlanadi, ayrim hollarda mahalliy bumblebees arisi tomonidan ham changlantiriladi. Meva uzunligi 1 dan 1,5 santimetrgacha boʻlgan egilgan dukkakli kapsula koʻrinishida boʻladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]