Aston Martin DB9
Aston Martin DB9 | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Ishlab chiqaruvchi | Aston Martin Lagonda Limited |
Model yili | 2004–2016 |
Avvalgi modeli | DB7 |
Keyingi modeli | DB11 |
Tasnifi | |
Sinfi | Gran Turismo |
Segment | S-segmenti |
Komponovkasi | oldi motorli, orqa gʻildiraklari tortuvchi |
Platformasi | Ford VH |
Kuch moslamalari | |
Dvigateli | 6,0 l Aston Martin V12 |
Transmissiyasi |
6-MUQ 6-AUQ |
Tezlanishi |
DB9 6.0 V12 6 MT: 4,9 s DB9 6.0 V12 6 AT: 5,1 s |
Yuqori tezligi | 306 km/s |
Oʻlchamlari | |
Gʻildirak bazasi |
2004–2005: 2741 mm 2006–2016: 2746 mm |
Uzunligi |
2004–2005: 4696 mm 2006–2016: 4709 mm |
Kengligi | 1875 mm |
Balandligi |
1270 mm 2006–2016: 1318 mm |
Bak hajmi | 80 l |
Eksteryer | |
Kuzov turi |
kupe kabriolet |
Oʻrindiqlar soni | 2 oʻrinli |
Eshiklar soni | 2 eshikli |
Boshqa maʼlumotlar | |
Dizayneri |
Ian Callum) (talaffuzi: Yan Kallum Henrik Fisker (talaffuzi: Xenrik Fisker) |
Aloqador avtomobillar |
Aston Martin DBS Aston Martin DBR9 Aston Martin DBRS9 Aston Martin Rapide |
Aston Martin DB9 — Aston Martin avtomobil kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Gran Turismo sinfiga kiruvchi hashamatli mashina. Avtomobilning kabriolet va kupe modellari bor. Kupe modeli shuningdek, „Volante“ nomi bilan ham tanilgan. Ushbu model DB7 modeli oʻrniga ishlab chiqarildi. U ilk marotaba 2003-yilda Frankfurt avtosalonida namoyish etilgan. Bu mashina Aston Martinning Gaydondagi zavodida (Angliya) ishlab chiqarilgan birinchi model edi.
Dastlab Ian Callum va Henrik Fisker tomonidan ishlab chiqarilgan DB9 modeli[1] alyuminiy konstruktsiyaga ega boʻlib. Shassi Ford tomonidan ishlab chiqilgan VH platformasi, dvigateli esa Vanquish 5.9 litrli 12V modellaridan koʻchirilgan. 2013-yildagi model dizaynida, dvigatel va yurish uslubi yaxshi qismlar bilan almashtirildi.
Aston Martin Racing DB9ni sport avtopoygalari uchun FIA GT1n moslashtirib, DBR9 va FIA GT3 uchun DBRS9 modelini ishlab chiqdi. Bu ikki mashina avtosport uchun moslashtirilgan DB9 modellari boʻlib, ichki xususiyatlari olib tashlandi va alyuminiy korpus panellari, uglerod tolali panellar bilan almashtiriladi. Bundan tashqari, dvigatel ot kuchi va moment ishlab chiqarishi, ikkala mashinada ham oʻzgartirildi.
DB9ni ishlab chiqarish 2016-yilda yaʼni 12 yildan soʻng yakunlandi, uning oʻrniga butunlay yangi platforma va dvigateldan foydalanib DB11 modeli ishlab chiqilgan[2][3].
Rivojlanishi va dizayni
[tahrir | manbasini tahrirlash]DB9 Angliyaning Warwickshire shahridagi Aston Martin kompaniyasining Gaydon zavodida qurilgan birinchi modeldir. Aston Martin kompaniyasining oʻsha paytdagi bosh direktori doktor Ulrix Bez 2007-yilda bergan intervyusida, Aston Martinni anʼanaviy ravishda eksklyuziv avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlsada, Aston Martin koʻproq koʻrinishga ega boʻlishi va shunaqa avtomobillar ishlab chiqarish kerak deb hisoblaydi[4]. Aston Martin ishga tushirilganda yiliga 1400 dan 1500 tagacha avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirgan[5].
2007-yilda DB9 yangilangan elektr komponentlari qayta koʻrib chiqildi. Yangi old oʻrindiq dizayni, eshik tutqichlaridagi LED yondosh chiroqlari pasaytirilgan (8 mm). DB9 Volante endi 266 km/soat (165 m/soat) tezlikga emas, balki cheklanmagan maksimal tezlik 299 km/soat (186 m/soat) ga erishishga imkon berdi.
Ichki saloni
[tahrir | manbasini tahrirlash]DB9ning ichki qismi charm bilan qoplangan bezaklari haqida yangi nashrlarda qoʻshimcha ravishda urgʻu berib ketilgan. Boshqaruv panelidagi satnav va Bluetooth standart boʻlgani uchun, keyingi modellariga Dolby Prologic ovoz tizimi taklif qilindi va ular orqali sunʼiy yoʻldoshga, oltita CD almashtirgichga, iPod ulagichga, USB ulagich yoki yordamchi kirish uyasiga ulanishi mumkin boʻlgan. Ushbu ovoz tizimini Bang & Olufsen stereosiga almashtirish mumkin[6].
Kupe standart ravishda ikkita old va orqa oʻrindiqlar bilan jihozlangan. Orqa va old oʻrindiqlarni Kevlar va uglerod tolasidan yasalgan yengilroq oʻrindiqlar bilan almashtiriladigan, oʻrindiqlar toʻplamini joylashtirish mumkin[7]. Kupeda yuklash hajmi 187 L (6.6 kub fut)[8] boʻlgan.
Gʻildiraklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]DB9 dastlab uzunligi 483 mm (19 dyuym), kengligi 216 mm (8.5 dyuym), gʻildiraklarini old va orqa tomoni 241 mm (9.5 dyuym) boʻlgan. Old tomoni Bridgestone Potenza 235/40ZR19 va orqa tomoni 275/35ZR19 shinalari, old va orqa tomonida katta Brembo toʻrt porshenli kalibr va uglerodli keramik tormozlar oʻrnatilgan.
Keyinchalik gʻildiraklarni, uzunligi 508 mm (20 dyuym), kengligi 216 mm (8.5 dyuym)ga oʻzgartirildi. Old va orqa gʻildiraklari 279 mm (11 dyuym) boʻlgan[9]. Shina kodlari 245/35ZR20 va 295/30ZR20 Pirelli P-nol boʻlgan. Tormozlari uglerodli keramika boʻlib, old tomoni olti porshenli kalibrlar va orqasi toʻrt porshenli kalibrlar bilan jihozlangan[10].
DB9 Spyder Zagato Centennial (2013)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Firmaning 100 yillik yubileyida Zagato Aston Martin DB9 Volante asosidagi noyob avtomobilni taqdim etdi. U amerikalik kolleksiyachi Piter Rid buyurtmasi asosida yashil rangga boʻyalgan va+ mashina modeliga oʻxshash Aston Martin DBS Coupe Zagato Centennial mashinasining loyihasi yaratilgan[11]. 2013-yil Aston Martin DB9 Volante AQShda ishlab chiqarildi va avtomabil sotib olinib, darhol Italiyaning Zagato shahriga joʻnatib yuborilgan. Avtomobil 2015-yil avgust oyi auksionida RM Sothebys Monterey avtomobil haftaligida 2300 mil yoʻl bosib, 693000 dollarga sotilgan. Avtomobil uglerod-keramika tormozlari va uning VIN raqami SCFFDABM1DGB14756 ham mavjud boʻlgan[12].
Kahn Design DB9-Vengeance tomonidan ishlab chiqilgan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kahn Design tomonidan ishlab chiqarilgan DB9 Vengeance. Aston Martin DB9 asosida Britaniyaning Kahn Design firmasi tomonidan oʻzgartirilgan avtomobillar seriyasidir[13][14][15].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Henrik Fisker's 'Timeless' Automotive Designs“ (en-us). Wired. Qaraldi: 17-yanvar 2021-yil.
- ↑ Duff. „2017 Aston Martin DB11 Revealed!“. Car and Driver (1-mart 2016-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2020-yil.
- ↑ Robinson. „2017 Aston Martin DB11“. Car and Driver (4-avgust 2016-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2020-yil.
- ↑ Weaver. „Inside Line Q&A: Aston Martin's Dr. Ulrich Bez“. Edmunds: Inside Line (19-mart 2007-yil). 2010-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2009-yil.
- ↑ Robinson, Peter. „Aston Martin DB9 – Car News“. Car and Driver (2003-yil oktabr). Qaraldi: 28-aprel 2013-yil.
- ↑ „2011 Aston Martin DB9 Interior“. U.S. News (18-may 2011-yil). Qaraldi: 29-aprel 2013-yil.
- ↑ Cupler, Justin. „2013 Aston Martin DB9 Review“. TopSpeed (19-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 29-aprel 2013-yil.
- ↑ „2011 Aston Martin DB9 Interior“. U.S. News (18-may 2011-yil). Qaraldi: 29-aprel 2013-yil.
- ↑ „The New DB9 – Specifications“. Aston Martin. 1-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-may 2013-yil.
- ↑ Harley, Michael. „2013 Aston Martin DB9 Review“. Autoblog (6-fevral 2013-yil). Qaraldi: 5-may 2013-yil.
- ↑ „Zagato presents showcar duo at Aston Martin centenary celebration“ (inglizcha). www.classicdriver.com. Qaraldi: 11-yanvar 2021-yil.
- ↑ „2013 Aston Martin Centennial DB9 Spyder Concept by Zagato | Monterey 2015“ (inglizcha). RM Sotheby’s. Qaraldi: 16-yanvar 2021-yil.
- ↑ „THE VENGEANCE VOLANTE“. projectkahn.com. Qaraldi: 15-yanvar 2022-yil.
- ↑ „View To A Thrill: Kahn Vengeance“. projectkahn.com. Qaraldi: 15-yanvar 2022-yil.
- ↑ „THE VENGEANCE“. projectkahn.com. Qaraldi: 15-yanvar 2022-yil.