Astigmatizm (optik tizimlar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Astigmatizm (yun. a – inkor qo‘shimchasi va stigme – nuqta) –

  1. yorug‘lik nuqtaviy manbaining tasviri bitta tekislikda yotmaydigan ikkita o‘zaro tik kesmada kuzatiladigan optik tizim aberratsiyasi. Agar nuqtaviy manbadan tarqaluvchi nurlar dastasi optik tizimdan o‘tishda deformatsiyalanib, bir nuqtada kesishmay, turli nuqtalarda kesishsa, bunday nurlar dastasiga astigmatik dasta, hodisaning o‘zi astigmatizm deyiladi. Astigmatizm, masalan, silindrik linzalarda va nurlar dastasi optik o‘qqa katta burchak ostida tushuvchi sferik linzalarda kuzatiladi. Keyingi holda buyumning optik o‘qdan uzoqdagi nuqtalari tasvirini aniq kuzatib bo‘lmaydi. Astigmatizmdan xoli murakkab optik tizimlar anastigmatlar deb ataladi;

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil