Astatik rostlagich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fayl:Astatik rostlagich sxemasi.jpg
Astatik rostlagich sxemasi:
Kj—kirish quvuri;
K2—chiqish quvuri;
SZ—suyuqlik zulfini;
ED—elektr dvigatel;
1,2,3—rele qisqichlari

Astatik rostlagich — rostlash tizimiga tashqi omil taʼsir qilganda ham rostlanuvchi miqdor qiymatini bir meʼyorda tutib turadigan avtomatik qurilma. Buning uchun rostlash sxemasiga integrallovchi zveno kiritiladi. Masalan, suv sathini astatik rostlash qurilmasida suv qancha sarf boʻlishidan qatʼi nazar, rostlanuvchi miqdor (suv sathi) faqat maʼlum qiymatdagina barqaror holatga keladi; bu holat rele oʻrta kontaktining neytral vaziyatiga mos keladi. Astatik rostlagich quyidagicha ishlaqdi: suv sarfi oshganda qalqovuch pastga tushib, yuqori kontaktni ulaydi, elektr dvigatel ishlay boshlaydi, zulfin ochiladi, suv kela boshlaydi. Suv sarfi kamayganda qalqovuch koʻtariladi va pastki kontaktni ulaydielektr dvigatel ishlab, zulfinni berkitadi, suv kelishi toʻxtaydi. Bu Astatik rostlagichni boshqa suyuqliklarga ham qoʻllash mumkin[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]