Assotsiatsiya (biologiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Assotsiatsiya (biol.da) – tuzili-shi va turlar tarkibi bir xil, turlarining tashqi muhit va bir-biri bilan muno-sabatlari o‘xshash bo‘lgan fitotsenozlar majmui. A,– o‘simliklar tasnifining asosiy birligidir. U muayyan muhit sharoiti – iqlim, tuproq va hayvonlar tarkibi bilan bog‘liq. Bitta A.ga mansub o‘simliklarning rivojlanish muddatlari va yashash sharoiti o‘xshash bo‘ladi. Har bir A. boshqasidan o‘simliklar qoplamining muayyan mahsuddorligi bilan farq qiladi. Tashki muhit sharoiti va flora tarkibi o‘zgarishi bilan A. ham o‘zgaradi. Mac, Yevropaning hozirgi keng barg-li o‘rmonlari uchlamchi davrdagi nina bargli o‘rmonlar o‘rniga paydo bo‘lgan. O‘z navbatida bu o‘rmonlar o‘rnida kelajakda boshqa o‘simliklar A.si vujudga keli-shi mumkin. Har bir A. o‘z arealiga ega. Relef, gidrolik rejim va tuproq sharo-itining o‘zgarishi, antropogen omillarning bevosita (yerlarning uzlashtirili-shi, gidrotexnik inshootlar qurilishi) yoki bilvosita (mol boqilishi) ta’si-rida A. tubdan o‘zgarishi mumkin. Tur-li A.ning nomi ular tarkibida eng ko‘p uchraydigan bitta yoki bir nechta o‘simlik orqali ifodalanadi (mas, cho‘l sharo-itida qo‘ng‘irbosh-shuvoq yoki saksovul A.si; to‘qaylarda qamish-qiyoq, qizilmiya- ajriq yoki turang‘il-terak A.si; tog‘larda yong‘oq-tog‘olcha, do‘lana-olma yoki archa A.si). A.ni baholashda dominant o‘simlikning xususiyatlari hisobga oli-nadi. A. tushunchasi o‘simliklar krpla-mini haritaga tushirish, ular uchun mos bo‘lgan hududlarni to‘g‘ri rayonlashtirish va tabiiy resurelardan oqilona foy-dalanish kabi muammolarni hal etishda katta ahamiyatga ega.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil