Assotsiativ psixologiya
Qiyofa
Assotsiativ psixologiya — psixologiyadagi yoʻnalish. Uning vakillari butun maʼnaviy hayotni, shu jumladan chuqur fikrlash jarayonlarini va uning oqibatida kelib chiquvchi erkin harakatlarni assotsiatsiya yordamida tushuntirib berishga urinadilar. Bu yoʻnalish asoschilari — Gartli, Pristli, Yum va Gerbart; XIX asrda J. S. Miller, keyinrok, esa Siyen, Ebbingauz va G. Ye. Myuller ularning mashhur izdoshlari boʻlgan. Assotsiativ psixologiyadan bilimlarni oʻzlashtirish samaradorligini oshirishda foydalanish mumkin.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |