Kontent qismiga oʻtish

Asosiy jazolar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asosiy jazolar- jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan qoʻllanadigan jazo turlari. OʻzR JKning 43-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qoʻllanishi mumkin: a) jarima; b) muayyan huquqdan mahrum qilish; v) axloq tuzatish ishlari; g) xizmat boʻyicha cheklash; d) qamoq; e) intizomiy qismga joʻnatish; j) ozodlikdan mahrum qilish; z) umrbod ozodlikdan mahrum qilish. Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazolar faqat harbiy hizmatchilarga nisbatan qoʻllanadi. Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qoʻshimcha jazo tariqasida ham qoʻllanishi mumkin.[1]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi