Asma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Asma, Qrim qora uzumi–xalq se-leksiyasi yo‘li bilan yaratilgan o‘rta-pishar ho‘raki uzum navi. Kuban va Krimda o‘stiriladi. Tupi kuchli o‘sadi, bargi yirik, uch bo‘lmali, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, dumaloq yoki cho‘ziq. G‘ujumi yirik, pillasimon, to‘q binafsha-qora. Po‘sti qalin, eti sershira, hosili faol harorat 3050 – 3300°da 160 – 175 kunda pishib yetiladi. Hosildorligi 80–120 s/ga. Kasalli-701klarga chidami o‘rtacha, sovuqqa bardoshi past. Uzoq saqlash va uzoqqa yuborishga chi-damli. O‘zbekistonda rayonlashtirilmoqda (1995 yildan).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Asma" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil