Askoxitozlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Askoxitozlar – oʻsimliklarda Ascochyta turkumiga mansub parazit zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. A. oʻsimlik barglarida turli rangda kat-ta-kichik doglar, poyasida yaralar paydo qiladi, oʻsimlik urugʻi va mevasini zararlaydi, kasallangan barglar qurib toʻkiladi, shoxlari quriydi, mevasi yetilmaydi, zararlangan urugʻlik unmaydi. Aksariyat dukkakli don ekinlari, zigʻir, mevali daraxtlar, rezavor meva-lilar zararlanadi. Kurash choralari: al-mashlab ekish, ekinni azotli oʻgʻitlar bilan oziqlantirish, kasallikka chidamli navlarni ekish, ekishdan oldin urugʻlikni dorilash, oʻsimlik qoldiqlarini daladan chiqarib tashlash va yoʻqotish (qarang Zamburugʻli kasalliklar).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Askoxitozlar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil