Kontent qismiga oʻtish

Askenaz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Askenaz, Ashkenaz (ivritcha: אשכנז qadimgi yunoncha: Ἀσχανὰζ ; lotincha: Aschenez) — Injilga koʻra, Gomerning oʻgʻli, Yafetning oʻgʻli, Nuhning nevarasi degan maʼnoni anglatadi.

Ashkenaz — oʻrta asr ravvinlari adabiyotida Germaniyaning nomi.

Identifikatsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yeremiyo paygʻambar Araratning yonida „Askenazi shohligi“ haqida gapiradi(Ier. 51:27). A. P. Lopuxinning sharhiga koʻra, bu xalq Armaniston tarkibida istiqomat qilib kelgan. Uning fikricha, bu xalq oʻzining asl yashash joyini tark etib, vaqt oʻtishi bilan Gʻarbiy Evropaga koʻchib keladi va bu yerda hozirgi Germaniya aholisi uchun poydevor qoʻydi[1].

1935-yilda ingliz tilshunosi, antropologi va tarixchisi Xantingford Skithai („Skiflar“) soʻzi skiflarni bildiruvchi Ashguzai („Ashkenaz“ soʻzi bilan bir xil) soʻzining qadimgi yunoncha shakli boʻlishi mumkin deb taʼkidlaydi.

Isaak Asimov oʻzining „Boshida“ kitobida bu nom „Ashguza“ soʻzi bilan uygʻun boʻlganligi sababli, Askenazning ham skiflarga aloqadorligini taxmin qiladi[2].

Arman tarixchisi Koryun (milodiy 380-450) Askenazning avlodlarini arman xalqi deb taʼkidlaydi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]