Kontent qismiga oʻtish

Asiruddin Axsikatiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asiruddin Axsikatiy (toʻliq ismi Abulfazl Muhammad Tohir Asiruddin Axsikatiy) (1108Gʻ1110, Axsikat shahri – 1196/1198, Janubiy Ozarbayjon Xalxol shahri) – shoir. Boshlangʻich ma’lumotni Axsi-katda olgach, Balx, Hirot, Marvga borib, riyoziyot, tabobat, kimyo, nujum, falsafa va boshqa fanlarni oʻrganadi. Koʻchmanchi oʻgʻuz qabilalarining 1156-yilgi qoʻzgʻolonidan keyin Sulton Sanjar saltanati inqirozga uchragach, A. A. Xurosondan Ajam Iroqi (Gʻarbiy Eron)ga keladi. U yerda Arslon ibn Tugʻral (1160 – 79) va Qizil Arslon (1185 – 91) saroyida xizmat qildi. Qizil Arslon davrida malik ush-shuaro unvoniga musharraf boʻldi. Lekin koʻp oʻtmay, tuhmatga uchrab saroydan haydaladi. A. A. ijodiy merosi 120 qasida, 220 gʻazal, 80 qit’a, 80 ruboiy, 4 tarkibband va tarje’band, 24 qit’adan iborat. 1313-yilda xaggot Abdulmoʻmin tarafidan koʻchirilgan devoni 13300 misradan tashkil topgan. Gʻazallarida muhabbat, tabiat goʻzalliklari, Vatanni qoʻmsash, shohlarni insof-adolatga chaqirish gʻoyasi asosiy oʻrinni egallaydi. Ba’zi asarlarida zamona nosozligi, ayrim amaldorlarning ta’magirligidan shikoyat qilgan. Devoni Tehronda nashr etilgan (1958), qoʻlyozmasi hozirgi Londondagi "India Offis" kutubxonasida saqlanadi.[1]

  1. "Asiruddin Axsikatiy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil