Asiriy (shoir)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Asiriy (taxallusi; asl ismi Toshxo‘ja o‘g‘li) (1864 – Xo‘jand – 1915/16) – turkiy shoir. Qo‘qonda ma-drasada o‘qigan (1882 – 90). Otasidan toshtaroshlikni o‘rganib, umrining oxi-rigacha shu kasb bilan shug‘ullangan. O‘zbek va tojik tillarida ijod qilgan. Mum-toz shoirlar, ayniqsa Bedil an’analarini davom ettirgan. She’rlari g‘oyaviy-badiiy yetuk. Javhariy va boshqa zamondoshlari A.ni erksevar, noziqtab, shirinsuxan shoir, "ilm-fan ahlining sha’mi" deb ta’riflagan. A. g‘azal, masnaviy, ruboiy, qita va boshqa janrlarda ijod qilgan. She’rlarida insoniy muhabbatni kuylagan, jaholatni qoralab, ilm-ma’rifatni targ‘ib etgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Asiriy (shoir)" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil