Asinxron generator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asinxron generator — Generator rejimida ishlaydigan asinxron mashina; mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradi. Asinxron generator xarakatlantiruvchi dvigatel yordamida magnit maydon yoʻnalishida katta tezlik bilan aylantiriladi. Bu vaqtda Asinxron generator rotorinint sirpanishi manfiy boʻlib qoladi, mashina valida tormozlovchi moment vujudga keladi va energiyasini tarmoqqa berib, generator sifatida ishlaydi. Asinxron generatordan kichik quvvatli yordamchi elektr tok manbai va tormozlash qurilmasi sifatida foydalaniladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]