Asimptotik chiziq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asimptotik chiziq – sirt ustidagi chiziq; uning normal egriligi nolga teng. Bu chiziqning har bir nuqtasidagi yopishma tekislik sirtning shu nuqtasidan oʻtuvchi urinma tekislik bilan ustma-ust tushadi. Sirtning har bir nuqtasidan oʻtuvchi Asimptotik chiziq ayni nuqtaga urinma tekislikdan eng kam chetlashish yoʻnalishida oʻtadi. Umuman bun-day asimptotik yoʻnalishlar sirtning har bir nuqtasida ikkitadan (boshqa-boshqa, ustma-ust tushadigan yoki mavhum) boʻladi, demak, sirtning (yassimas sirtning) har bir nuqtasidan kupi bilan ikkitadan Asimptotik chiziq oʻtadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Asimptotik chiziq" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil