Ashyoviy huquq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ashyoviy huquq — ashyoviy huquq obʼekti ashyoga boʻlgan subʼektiv fuqarolik huquqidir. Ashyoviy huquqga ega boʻlgan shaxs uni mustaqil ravishda, hech kimning maʼlum harakatlariga, yordamiga muhtoj boʻlmagan holda amalga oshirishi mumkin. Obʼektiv sabablarga koʻra yoxud mulkdorning voyaga etmaganligi mulkni shaxsan oʻzi boshqarish huquqidan foydalanish imkoniyatiga ega emasligi va boshqalar sababli mol-mulk boshqa shaxs ixtiyoriga vaqtinchalikga topshirilishi mumkin. Ana shunday hollarda mulkdor boʻlmagan shaxs boshqalarning mulkiga egalik qilishi, foydalanishi va mulkdor ruxsat bergan doirada tasarruf qilishi ashyoviy huquqlar orqali amalga oshiriladi. Servitut huquqlar — chegaralangan xarakter va tartibga ega boʻlishi, mulkiy huquqlardan kelib chiqib, unga bogʻliq boʻlishi, mutlaq tartibda himoya qilinishi xususiyatlari bilan xarakterlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi