Ashyolarni ko'zdan kechirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ashyolarni koʻzdan kechirish — maʼmuriy huquqda maʼmuriy majburlovning alohida turi hisoblangan oldini olish chorasi. OʻzR MJKning 289-moddasiga asosan ashyolarni koʻzdan kechirish ichki ishlar organlarining, harbiy soqchilik, havo transportining, bojxona organlarining, chegara qoʻshinlarining, soliq organlarining, OʻzR Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlarining, OʻzR qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa tegishli vakolati boʻlgan organlarning boshqa vakolatli shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. Ashyolarni, ov qilish va baliq tutish qurollarini, qoʻlga kiritilgan mahsulotlar va boshqa buyumlarni koʻzdan kechirish, odatda, shu ashyo va buyumlar kimning mulki yoki kimning egaligida boʻlsa, oʻsha shaxs ishtirokida amalga oshiriladi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, mazkur ashyolar, buyumlar egasi egasi yoʻqligida ikkita xolis guvoh ishtirokida ham koʻzdan kechirilishi mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik Ensiklopediyasi