Ashyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ashyo — fuqarolik huquqining ob’yektlaridan biri. Ashyo muayyan moddiy qiymatga ega boʻlgan xamda iqtisodiy munosabatning predmeti boʻla oladigan narsadir. Ashyolar xalq farovonligi uchun, respublika fuqarolarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. Fuqarolik huquqida ashyolar insonlarning yashashi uchun muhim ahamiyatga egadir. Ashyolarni jamiyatdagi tayinlanishlariga qarab, ularning har qaysisiga turlicha huquqiy qoidalar belgilangan. Fuqarolik huquqida ashyolar oʻzlarining iqtisodiy tayinlanishlariga, shuningdek, huquq normalarida aks ettirilgan jismiy va boshqa hususiyatlarga qarab bir necha turga boʻlinadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi