Ashurali mehtar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ashurali mehtar (famili-yasi Yusupov) (1893.11.7, Andijon– 1980.1.5, Toshkent) – o‘zbek xalq sozan-dasi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1944). Xalq dorbozlari va qo‘g‘irchoqbozlarning hamkori, mehtarlik san’ati an’analarining bilimdoni sur-nay, karnay, nog‘ora yo‘llarining ustasi. Ash. M. "Hujum", "O‘rtoqlar", "Layli va Majnun", "Farhod va Shirin" asarlariga musiqa bastalashda T. Jalilov, M. Tillayevlarga hamkorlik qilgan. U. Ismoilovning "Rustam" dramasiga musiqa bastalagan. Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatri so-zandasi (1940–65). San’atshunoslik ilmiy tadqiqot intida Ash. M. ijro etgan o‘zbek an’anaviy musiqasi nodir yozuvlari saqlanmoqda.Ash. M. ijrosidagi Buzruk (savtlari bilan), Dugoh (ufor va savtlari bilan), Iroq (mushkiloti ufor, duchavalari bilan), Nasr (talqini bilan), Yalang davron (ufori bilan), Mustahzod (uforlari bilan), Navo (sav-ti, mushkiloti, charxlari bilan) kabi 40 dan ortiq mumtoz kuy Yu. Rajabiyning "O‘zbek xalq musiqasi" to‘plamidan o‘rin olgan. U "Dorbozlar" va boshqa filmlarda xalq sozandasi sifatida qatnashgan.Ad.: Olimboyeva K.. Ahmedov M., O‘zbekiston xalq sozandalari, T., 1959.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil