Ashurali mahram

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ashurali mahram (1825, Marg‘ilon – 1863) – sozanda, xonanda, bastakor, mehtar, ipakdo‘z. Xushovozli-gi bilan Farg‘ona vodiysida va Toshkentda mashhur bo‘lgan. Dovrug‘i Qo‘qonga yetgach, Xudoyorxon uni o‘z saroyiga keltirgan va yaqin mahrami darajasiga ko‘targan. Saroy hayotidan nafratlangan Ash. M. do‘stlar yordamida Toshkentga qochib, xalqqa xizmat qilishni davom ettirgan.Ash. M. bastalagan maqom yo‘llaridan to‘rttasi (Dugoh-Husayn, Chorgoh, Bayot, Shahnozi-Gulyor) ayniqsa mashhur bo‘lgan. Farg‘onada sozlar taqiqlangan paytlarda yashagan Ash. M. "Katta ashula"ning rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Toshkent va Farg‘ona vodiysi xalq san’-atkorlari orasida uning izdoshlari ko‘p bo‘lgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil