Ashula va raqs ansambli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ashula va raqs ansambli – turli tarkibda tashkil topgan sozanda, xonanda va raqqoslar guruhi. Ilgarilari Oʻzbekistonda ham shunday ansambl (da-sta)lar boʻlgan (qarang Mavrigi, Beshqarsak, Yalla). Lekin ularni hozirgi ansambllarga tenglashtirib boʻlmaydi. Avvalo xotin-qizlar erlar bilan bir guruhda qatnasha olmas edi. Bazmlarda, xalq sayillari va yigʻinlarda sozanda-xonanda, raqqos va qiziqchilar toʻdasi qatnashsada, lekin ular oʻz san’atini yakka-yakka namoyish qilar edilar. Ke-yinchalik yangi turda-gi A. va r.a.lar vujudga kela boshladi. Hamza Hakimzoda Niyoziy, Muhiddin Qoriyoqubov, Tojizoda, keyinchalik Toʻxtasin Jalilov va boshqa rahbarligida ansambllar tashkil topdi. Oʻzbekiston Respublikasida "Shodlik", "Zarafshon", "Lazgi" kabi pro-fessional A. va r. a.lari bor. Bulardan tashqari viloyatlarda xalq, folklor-et-nografik va koʻpgina havaskor A. va r.a. tashkil topgan: "Beshqarsak" (Urgut), "Mohi sitora" (Buxoro), "Namangan ol-masi" (Namangan), "Boysun", "Shalola", "Sariosiyo" (Surxondaryo), "Yoshlik", "Orazibon" (Xorazm) va boshqa Ular xalq ora-sida an’anaviy oʻyin-raqs va zamonaviy musiqa-xoreografiya san’atini targʻibot etishda katta xizmat qilmoqdalar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil