Ashirit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Dioptaz(Ashirit)

Ashirit, Dioptaz (yun. dioptas — orasidan koʻrmoq)? mis zumradi, axirit — mineral, misning suvli silikati. Kimyoviy formulasi Cu6(Si6O|8). 6N2O. Birinchi boʻlib buxorolik savdogar Muhammad Ashir 1785 y.da Markaziy Qozogʻistondagi Oltintepa degan joydan topgan, dastlab uning nomi bilan ashirit deb atalgan. Kristallarining ichidagi ulanish chiziqlari butunlay koʻrinib turganligi uchun fransuz mineralogi Gayu (1797) ashiritni D. deb atagan. Trigonal singoniyali. Qisqa ustuncha, romboedr koʻrinishida. Rangi zumradsimon yashil, yaltiroqligi shishasimon. Kattikligi 5. Zichligi 3300 kg/m3. Mis konlarining nurash zonasida malaxit, broshantit, xrizokolla va misning ikkilamchi minerallari, shuningdek, kalsit, kvars, limonit bilan birga uchraydi. Chili (Kopiano yaqinida), AQSH (Arizona shtati), Kongo Demokratik Respublikasi (Shaba), Namibiyada ham topilgan.


Mis zumradi — dioptazning eski nomi (qarang Dioptaz). Ashirit Markaziy Qozogʻistondagi Oltintepa koni yonidan bu mineralning 1785-yilda katta kristallini topib kelgan buxorolik savdogar Ashir Muhammadning nomiga qoʻyilgan. Kimyoviy formulasi: Su6[Si6O18]×6H2O [1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil