Ashʼariy Abul Hasan Ali ibn Ismoil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ash’ariy Abul Hasan Ali ibn Ismoil (873, Basra — 935, Bag‘dod) — diniy nazariyotchi, islom ilohiyoti — kalomning asoschilaridan biri. Mashhadda tahsil ko‘rgan, mutaziliylar nazaristchilaridan biri sifatida tanilgan. 912 y.da o‘z qarashlarini keskin o‘zgartirib, islom ilohiyotiga falsafiy uslubni ki-ritishga uringan. A. mu’taziliylikka xos bo‘lgan juda ochiq ifodalangan ratsi-onalizmni ham, diniy e’tiqodda o‘ta ket-gan formalizmni ham rad etgan. A. asos solgan ta’limotni uning izidan borgan ilohiyotchilar (xususan Abu Homid al-G‘azoliy) yanada takomillashtirganlar. Kalom 12—13-asrlarga kelib barcha sun-niylar o‘rtasida e’tirof etilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.