Asfalt-beton yotqizish mashinasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Asfalt-beton yotqizish mashinasi – asfalt-beton, bitum va mineral aralashmasini bir tekis yoyib, zaminga yotqizadigan kurilma. Ish unumdorligi bo‘yicha o‘ta og‘ir (300 t/soatdan ortiq), og‘ir (150–300 t/soat), o‘rtacha (75–150 t/soat) va yengil (25 t/soat gacha) turlarga, yurish qismining turi bo‘yicha gusenitsali, g‘ildirakli va aralash xillarga bo‘linadi. O‘zi ag‘daradigan avtomashinadan kurilma bunkeriga tashlangan aralashma kurakli ta’minlash shneklariga uzatiladi; shnek aralashmani zarur kenglikda yoyadi. Shib-balovchi g‘altak aralashmani tekislaydi va zichlaydi. Yotqizilgan qatlamni te-kislash plitasi pardozlaydi. Aralashma plitaga yopishmasligi uchun u maxsus ku-rilma bilan qizdiriladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil