Asfalt-beton aralashtirgich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ASFALT-BETON ARALASH-TIRGICH – qum, chaqiq tosh, mine-ral ku-kun va bitumdan asfalt-beton hamda bitum-mineral aralashmalar tayyorlaydigan qurilma. Qum va chaqiq toshni quritadigan va zarur temperaturagacha qizdiradigan quritish barabani, quritilgan kum va chaqiq toshni saralay-734digan hamda bitum bilan qorishtiradigan aralashtirish agregatidan iborat. Mine-ral kukunni vertikal va gorizontal sxe-ma boʻyicha harakatlantiradigan, davriy va uzluksiz aralashtiradigan xillari bor. Quritish barabanida quritilgan va qizdirilgan kum va chaqiq toshni kov-shli elevator gʻalvirga uzatadi, mineral kukun alohida boʻlmaga tushadi. Oʻlchami toʻgʻri kelmaydigan (yirik) toshlar gʻalvirdan nov boʻylab chiqib ketadi. Mi-neral kukunning har qaysi guruhi taro-zida tortilib aralashtirgichga tashlanadi. Tayyor aralashma transport vositalariga solinib qurilishga olib ketiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil