Asbest-sement konstruksiyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Asbest-sement konstruksiyalar — Karkasi (sinchi) yogʻoch, asbest-sement yoki metall elementlardan iborat boʻlgan asbestsement listlari va issiqlik izolyatsiyasi materiallaridan tayyorlanadigan konstruksiyalar. Ichi havol konstruksiyalarda asbestsement listlar oʻzaro shuruplar, parchin mix yoki yelim bilan biriktiriladi. Monolit (yaxlit) konstruksiyalar — isitkich qatlami (penoplast) bilan biriktirilgan ikki yassi listdan tayyorlanadigan plita va panellar. Qalinligi 60 — 80 mm boʻlib, 3 metrli joylarni yopishda ishlatiladi. Karkasiga yelim yoki shuruplar bilan biriktiriladigan yassi asbestsement plita va panellardan iborat konstruksiyalar keng tarqalgan. Karkas uchun asbestsement yoki metall profillar, yogʻoch gʻoʻlalar ishlatiladi [1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar[tahrir]