Asati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asati — qovun navlari (asad oy-ida pishadi). Dehqonchilikda A.-VIR 3806 (K. I. Pangalo, M. K. Goldgauzen) va Toshkent asatisi (populyatsiya) navlari ekiladi. Shakli tuxumsimon, oʻrtacha 689kattalikda, uz. 25-27 sm, ogʻirligi 4-7 kg. Poʻsti yupqa, sirti ingichka va tutash toʻrlar bilan qoplangan. Rangi och sariq, zargʻaldoq, yoʻl-yoʻl tilimli dogʻlari bor. Eti oq, qalinligi 5 — 5,5 sm, ser-shira, shirin, tarkibida 10% gacha qand bor. Urugʻi yirik, och sariq. Eqilganda unib chiqqanidan keyin 83 — 98 kunda (Toshkent vohasida ekiladigan Toshkent asatisi navi 65 — 70 kunda) birinchi hosili pishadi. Hosiddorligi 250 — 300 s/ga. Toshkent, Fargʻona, Andijon vi-loyatlarida A. 3806 ekiladi. Yangiligida isteʼmol qilinadi, qovun qoqi tayyorla-nadi (yana qarang Qovun).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil