Asan Begimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Asan Izimovich Begimov (1907 — Moʻynoq tumani — 1958) — qoraqalpoq yozuvchisi va jurnalista. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1957). Qozogʻistonning Qiziloʻrda shahridagi pedagogika institutini tugatgan (1932). Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1934 — 36; 1938 — 39). "Zafarlardan zafarlarga" (1936) sheʼrlar toʻplami, "Sapura" (1938), "Omir" (1951) dostonlari, "Bu kim?" (1932), "Gʻarib oshiq" (T. Allanazarov bilan hamkorlikda) pyesalarida qrraqalpoq xalqining turmushi va kurash voqealari aks etgan. "Baliqchi qizi" (1957) romani Orol baliqchilariga bagʻishlangan. B. oʻzbek va boshqa xalqlar yozuvchilarining ayrim asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil