Asaldarakchilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Asaldarakchilar (Indicatoridae) -qizilishtonlar turkumi oilasi. 11 tacha turi bor. Afrika va Janubi-Sharqiy Osi-yoda tarqalgan. A. chumchukdan kattaroq bo‘lib, o‘rmonlarda yashaydi. Ko‘p turlari hasharotlar va ba’zi turlari asalari lichinkalari, g‘umbaklari va mumi bilan oziqlanadi. Terisi qalin bo‘lgani uchun asalarining chaqishi ularga ta’sir etmaydi. A. tuxumini boshqa kushlar iniga qo‘yadi. Jo‘jalari yuqori va past-ki jag‘laridagi tishga o‘xshash o‘simtasi yordamida in egasining jo‘jalarini o‘ldiradi. A.ning o‘zi asalari uyasiga yetolmaydi, ular ari uyasi yaqinida chi-rillab, o‘rmonda yurgan odam yoki asalxo‘r hayvon’e’tiborini tortadi. A. odam yoki hayvon buzgan uyadagi asal qoldiqlari va mum bilan oziqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil