Asalari qutisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asalari qutisi — asalari oi-lasini boqish uchun maxsus jihozlangan quti. Yogoch taxtalardan yasaladi. Asalari boqiladigan qutilar 19-asr boshlarida yaratilgan. Asalari qutisining Dadan-Blatt, yotiq, Rut turlari bor. Dadan-Blatt qutisi asosiy uya qutisidan va bir yoki ikkita magazindan (qoʻshimcha ustki qutidan) iborat. Kugiga eni 435 mm, boʻyi 300 mm li 12 rom, magazinlarga boʻyi 150 mm li 12 rom joylashadi. Yotiq A.Q- korpus va qopqokdan iborat. 16 — 24 rom joylashadi. Rut Asalari qutisining tag poli sugʻurib olina-digan boʻlib, quti va 1 — 2 magazindan iborat. Har qaysi qutiga va magazinga eni 435 mm va boʻyi 230 mm 10 rom joy-lashadi. Oʻzbekistonda, asosan, Dadan-Blatt va Rut tik Asalari qutisi dan foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil