Asalari kasalliklari
Asalari kasalliklari — asalarilarda uchraydigan kasalliklar. Asosan infeksion, invazion (yuqumli) va yuqumsiz kasalliklarga boʻlinadi. Infeksion kasalliklardan Amerika chirish kasalligi (gʻumbakda) va Yevropa chirish kasalligi (lichinkalarda) koʻp uch-raydi. Romlardagi kataklarga qoʻyilgan urugʻlar chirib ketishi bilan ku-zatiladi. Kasallikni zamburugʻlar qoʻzgʻatadi. Da-volash va kurash choralari: uyadagi zarar-langan romlar dezinfeksiya qilinadi, shifobaxsh qiyom (2 kg shakar, 1 l suv)ga penitsilin, norsulfazol, streptomitsin kabi antibiotiklardan biri (1l qiyomga 1 g hisobida) qoʻshib beriladi. Yuqumli kasalliklardan nozematoz kasalligi asalarilarning oʻrta ichaklarini zararlab, kuchli ich ketish bilan kuzatiladi. Nozema apis zamburugʻlari sporalari qoʻzgʻatadi. Kasallangan arilar romlarda emas, uya devorlariga yopishib turadi. Davolash: shifobaxsh qiyom (2 kg shakar, 1 l suv)ga fumaglin (1 l ga 50 — 100 g) qoʻshib be-riladi. Davolash 5 — 7 kun oraliq bilan 2 — 3-marta takrorlanadi. Yuqumli kasalliklardan yana biri kanalar qoʻzgʻatadigan varroatoz kasalli-gidir. Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Ka-nalar asalarilarning choti, qanoti osti va qorin qismlarida parazitlik qiladi. Kurash choralari: asalari romlari ostiga vazelin surilgan tunuka qoplama qoʻyiladi. Fenotiazin preparati tuta-tilib, uya 30 — 40 min. dimlanadi (tu-tun taʼsirida kanalar vazelin surtil-gan tunuka qoplamaga toʻkilib, yopishib qoladi). Uya ochilib shamollatiladi va kanalar yigʻib olinib kuydiriladi. Yuqumsiz kasalliklardan zaharli va zararli oʻsimliklardan olingan ne-ktar, gulchang, shuningdek turli ki-myoviy moddalardan zaharlanish koʻproq uchraydi. Davolash: kasallik belgilari aniqlanishi bilan kechqurun asalarilarga iliq suv yoki 20% li shakar qiyomi beriladi. Asalarizorni boshqa joyga koʻchirish yaxshi natija beradi. Ibrohim Joʻrayev.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |