Asalari gulchangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asalari gulchangi — asalarilar gullardan yigʻgan va mumkataklarga zichlagan, ustidan asal quyilgan gul chan-glari. Katakdagi gulchangning asal shi-milgan yuqori qavati havoni oʻtkazmaydi. Anaerob sharoitlarda fermentlar, bak-teriyalar, achitqi zamburugʻlar taʼsirida katakda sut kislotasi miqdori ortib boradi va gulchanglar aralashmasi asal ishtirokida A. gulchangi (perga) ga ayla-nadi. A.g. tarkibida 13 — 60% oqsillar, 25 — 70% qand, yogʻlar, mineral tuzlar, vitaminlar, fermentlar, gormonlar bor. A.g. asalarilar uchun qimmatli oqsil-uglevodli ozuqa hisoblanadi. Asalarilar, ayniqsa, bahor paytida oilani oʻstirish davrida gulchangni koʻp sarflay-dilar. Uning bahorda taqchilligi asalari oilalarining koʻpayishini toʻxtatib qoʻyadi. Bir yilda bir asalari oilasi 20 — 30 kg gulchang isteʼmol qiladi. Asalari gullaridan olingan A.g. tibbiyotda yurak, oshqozon-ichak, buyrak, jigar va kam-qonlik kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil