Asalari biti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asalari biti (Braula coeca) — toʻgarak chokli kaltamoʻylovlilar kenja sinfi braulidlar oilasiga mansub pash-sha. Uzunligi 1,4 — 1,5 mm. Qanotlari boʻlmaydi. Asalari kommensali hisoblanadi. Asalarilar tanasida, asosan koʻkragi bilan qorni oraligʻida tishchali tirnoqlari yordamida yopishib olib yashaydi. Ishchi arilarning urgʻochilariga va yosh arilarga beradigan ozigi bilan oziqlanadi. Bitta ari tanasida 75 gacha Asalari biti boʻlishi mum-kin. Tuxumlarini ari uyasidagi katakchalarning qopqogʻiga qoʻyadi, lichinkalari katakchalarni teshib, undagi gʻamlangan changlar yoki mum bilan oziqlanadi. Asalarilarda uch-raydigan braulidlarning boshqa ayrim turlari ham Asalari biti deb ata-ladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil