Asal sirkasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Asal sirkasi – asal idishlari yuvindisidan tayyorlanadigan sirka. Asal sirkasi lazzatli, undan asalning xushbo‘y hidi keladi. Asal sirkasi ni tayyorlash: 10 l yuvindi sharbatga achitqi va qattiq non burdalari solinadi, aralashtirib, iliq joyga qo‘yiladi. Bijg‘ish tugagach, tindirib shisha idishlarga quyiladi. Shuningdek, asal sharbatiga vino va qora non burdalarini qo‘shib (1:1) ham sirka tayyorlash mumkin. Asal sirkasi oziq-ovqat sifatida oddiy sirka qatorida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil