Kontent qismiga oʻtish

Asad Gulzoda

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Asad Gulov
Tavalludi 5-yanvar 1935-yil
Vafoti 29-may 2023-yil(2023-05-29)
(88 yoshda)
Taxallusi Asad Gulzoda
Kasbi Shoir, jurnalist, tilshunos
Ijod qilgan tillari tojik
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Taʼlimi Dushanbe davlat pedagogika universiteti

Asad Gulov (Asad Gulzoda va Asad Gulzodayi Buxoroyi taxalluslari bilan ham tanilgan; 1935-yil 5-yanvar Peshku tumani, Buxoro viloyati – 2023-yil 29-may) – tojik shoiri, tilshunos va jurnalist.

Asad Gulzoda 1935-yilda Buxoro viloyatining Peshku tumani Shavgon qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta maʼlumotni shu yerda olgan. 1958-yilda Dushanbe davlat pedagogika universitetining tojik tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. Jurnalistik faoliyatini Buxoro viloyati teleradiokompaniyasida boshlagan.

Asad Gulzoda oʻsmirlik paytlaridan sheʼrlar yozib boshlagan. Sheʼrlari Oʻzbekiston va Tojikiston gazetalarida chop etilgan. Asad Gulzodaning „Murgʻobi chi makobod?“, „Labzi Shirin“ kabi kitoblari Dushanbedagi „Maorif“ nashriyotida nashr etilgan. Bundan tashqari, uning „Nasimi Buxoro“, „Xati peshona“, „Shukifahoyi Buxoro“, „Namozi roʻi barg“, „Nafasi bahor“ kabi kitoblari ham bor. Shuningdek, sheʼrlari „Kahkashoni orzu“ (Toshkent) va „Guli murod“ (Dushanbe) toʻplamlariga kiritilgan[1][2].

Asad Gulzoda 2003-yilda Tojikiston yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻlgan.

2023-yil 29-mayda 88 yoshida vafot etgan[3].