Kontent qismiga oʻtish

Aryerssena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aryerssena — sahnaning orqa qismi. Odatda A. yordamchi joy xizmatini bajarib, kenglik va fazoning tasavvurini beruvchi dekoratsiyalarni oʻrnatishda foydalanilgan. Hozirgi zamon teatrida A, kengroq va chuqurroq qilinadi. Negaki, dekoratsiya qurilmalari avtomatik tarzda aylantirilishi kerak. A. Hidoyatov nomidagi teatrda sahnalashtirilgan „Paranji sirlari“ (Hamza asari), „Iskandar“ (A. Navoiy dostoni asosida) spektakllarida A. keng ishlatildi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil