Arxeopteriks

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Arxeopteriks, arxeornis, dastlabki qush (Archaeopteryx) – qushlarning eng qadimgi, qirilib ketgan urug‘i, kaltakesakdumlilar (Saururae, ya’ni Archaeoruithes) kenja sinfiga ki-radi. Zag‘izg‘on kattaligidagi bitta turi (A. lithographica) ma’lum. A. patlarining izi dastlab 1860 yil, to‘liq skelet qoldig‘i esa 1861 yil Bavariya (Germaniya)da yura qatlamidan topilgan. U Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Hozir A.ning 5 ta skeleta ma’lum. A. tuzilishida sudra-lib yuruvchilarga (2 chekka yoyi, miyasi kichik bo‘lishi, tishlarining alveollarda joylashganligi, qorin qovurg‘alarining amfitsel tipda tuzilganligi, 20 ta umurtqadan iborat dumi bo‘lishi, muguz tumshug‘i bo‘lmasligi va boshqalar) va qushlarga xos belgilar bo‘lishi (pat qoplami, qanotlari qoqish patlarining uzun va asimmetrik tuzilganligi, oyoqlarining suyaklari qisman pnevmatik xususiyatga ega bo‘lishi) filogenetik jihatdan sudralib yuruvchilar bilan qushlarning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatadi. A.ni o‘rganish asosida evolyutsiyaning mozai-kligi to‘g‘risida tasavvur paydo bo‘lgan. Ko‘pchilik olimlar A.ni qushlarning dinozavrlardan, ikki oyoqli timsohlar yoki psevdozuxitlardan kelib chiqqan be-vosita ajdodi deb hisoblashadi. Biroq ayrim tadqiqotchilarning fi-kricha – A. sudralib yuruvchilardan ke-lib chiqqan yon tarmoq bo‘lib, ulardan qushlar kelib chiqkan bo‘lishi mumkin. A. uchish qobiliyatiga ega bo‘lmagan, shoxdan-shoxga yoki yerga sakraganida qanotlaridan, shoxlarda o‘rmalaganida qanotidagi tirnoqlaridan foydalangan. Aning qoldiqlaridan biri arxeornis (Archaeornis siemensi) alohida urug‘ va tur sifatida yozilgan. Lekin ko‘pincha barcha topilmalar bitta turga kiritiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil