Arxegon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Arxegon, arxegoniy (archegonium) – yo‘sin, qirqquloq va ochiq urug‘li o‘simliklarning urg‘ochi jinsiy or-gani. Ko‘pchilik o‘simliklarda shakli ko‘zasimon. A. yetilgach, bo‘ynining ichki qismida joylashgan hujayralar yemiri-lib, ularning o‘rnida naycha hosil bo‘ladi. A.ning qorin qismida tuxumhujayra joylashgan bo‘lib, uning ustida kichikroq qorin hujayra bor. Bo‘ynidagi naycha hujayralar shilliqlanib, A.ning og‘zini (bo‘yin uchini) ochadi va spermato-zoidning A. ichiga tushishiga imkon be-radi. Shu o‘simliklardagi erkak jinsiy organ anteridiy deb ataladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil