Artishok

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Artishok (Supaga) – koʻp yillik va bir yillik sabzavot ekini. Oʻrta den-giz mamlakatlarida 10–11 turi oʻsadi. Fransiya, Italiya, Hindiston, Jazoir va boshqa mamlakatlarda ekiladi. Rossiyaning jan, Moldaviya, Ukrainada ti-kanli A. (S. scolymus L.) turi koʻproq ekiladi. A. juda sershox boʻlib, boʻyi 2 m gacha bo-radi. Gullari koʻk-binafsha rangda, yi-rik toʻpgul hosil qiladi (bir toʻpguli ogʻirligi 100–200 g). Seret gulbandi va savatcha toʻpguli ovqatga ishlatiladi. A.da qand, oqsil (2,5-3%), uglevod (7-15%), S (0,4 mg%), V,, V2 vitaminlari, karotin, urugʻida 30% gacha moy bor. Xom va konservalangan, qaynatilgan A. souslar bilan iste’mol etiladi, salatlar tayyorlanadi. Uglevodlari tarkibida diabet kasalliklari uchun foydali boʻlgan inulin bor. Janubiy zonalarda 3– 4 yillik, sovuq kuchli zonalarda bir yillik ekin, 100x80 sm sxemada ekiladi. Hosildorligi 50–250 s/ga (15– 50 ming toʻpgul). A. odatda koʻp yillik ekin tarzida eqilgandan soʻng ikkinchi yili gullaydi. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik ilmiy tadqiqot institutida A.ni rayonlashtirish oʻrganilmoqda.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil