Kontent qismiga oʻtish

Arteriit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Arteriit — arteriyalar devorining yalligʻlanishi. Allergenlar taʼsirida yuzaga keladigan allergik Arteriit, kasallik qoʻzgʻatuvchisining tomirlar devoriga bevosita taʼsiri bilan bogʻliq boʻlmagan zaharli allergik koʻrinishdagi aseptik Arteriit, yuqumli kasalliklar (revmatizm, skarlatina, gripp va boshqalar) oqibatida kelib chiqadigan yuqumli Arteriit farqqilinadi. Obliteratsiyalovchi endarteriitda arteriyaning ichki devori, tugunli periarteriitda esa devorining hammasi yalligʻlanishi mumkin.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil